O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat`iy nazar dam olish kuni hisoblanadi.
Xalq ta`limi vazirligining ma`lum qilishicha, ushbu farmon munosabat bilan, 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o`quv yilining bahorgi ta`tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta`til 20 dan-28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o`quv yilining 4-choragi boshlanadi.
2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig`izlashgan holda o`tkaziladi.