1

Anqaradagi portlash oqibatida halok bo`lganlar soni 28 nafarga etdi

Dunyo 18.02.2016, 10:09
Anqaradagi portlash oqibatida halok bo`lganlar soni 28 nafarga etdi

17 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida joylashgan harbiylar yotoqxonasida kuchli portlash sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.

Dastlabki ma`lumotlarda portlash oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo`lgani va 60 kishi jabrlangani ma`lum qilingan edi.

“Lenta.ru” nashrining  xabar berishicha, ayni paytda portlash oqibatida halok bo`lganlar soni 28 nafarga etgan. Mamlakat qurolli kuchlari portlashni terakt sifatida baholadi. Teraktni “Islom davlati” yoki Turkiyada terrorchilik tashkiloti hisoblanadigan Kurdlar ishchi partiyasi jangarilari sodir etganligi taxmin qilinmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on portlash tufayli Ozarbayjonga tashrifini, bosh vazir Ahmad Dovuto`g`li esa Bryusselga rasmiy safarini bekor qilgan.

Minalangan avtomobil mahalliy vaqt bilan soat 18:31 portlagan. Hodisa Turkiya poytaxtining Qiziloy tumanida sodir bo`lgan. Mashina harbiy xodimlarni olib ketayotgan transport svetoforning qizil chirog`ida to`xtagan vaqtda ro`y bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1