1

Qo`qon shahrida "opiy" giyohvandlik moddasini 4.500 AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 17.03.2021, 09:53
Qo`qon shahrida "opiy" giyohvandlik moddasini 4.500 AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Qo`qon shahri. 11 mart kuni HMQO xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, B.R. Uchko`prik tumani Toshkentlik guzar qishlog`ida joylashgan choyxonada “opiy” giyohvandlik moddasini 4.500 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. 

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1