1

Samarqandda 46 yoshli erkak u bilan "otamlashmoqchi" bo`lgan tanishini pichoqlab o`ldirdi. U avval ham qotillikka qo`l urgan

Jinoyat 17.03.2021, 12:43
Samarqandda 46 yoshli erkak u bilan "otamlashmoqchi" bo`lgan tanishini pichoqlab o`ldirdi. U avval ham qotillikka qo`l urgan

Samaqrqandda yana bir tortishuv oxiri o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Aniqlanishicha, 2021 yilning 13 mart kuni soat 22:30 larda 46 yoshli Baxtiyor R.ning Samarqand shahri Sattepo mavzesi X.Sheroziy MFYda joylashgan yashash xonadoniga tanishi 48 yoshli Alidjan M., mast holatda kelib, u bilan spirtli ichimlik iste`mol qilishni taklif qilib, o`zaro janjallashib qoladi. Natijada  Baxtiyor R. qo`lidagi oshxona pichog`i bilan Alidjan M.ning ko`krak qismiga bir marotaba urib, jarohat etkazganidan so`ng yordam berish maqsadida tashqariga chiqib do`kon ishchisidan yordam so`ragan. O`tkazilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Alidjan M. shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Baxtiyor R., muqaddam Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik jinoyati) bilan sudlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Baxtiyor R.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.  

Hozirda tergov davom etmoqda.      

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1