AsosiyJinoyat

Navoiyda tadbirkorga tegishli erni 150 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Navoiyda tadbirkorga tegishli erni 150 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro O.ning ishonchiga kirib, aslida “T.” MChJga qarashli M.Torobi ko`chasida joylashgan 200 kv metr er maydonini 150 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, 70 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan X.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar