“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olinayotgan “Yo`qlikka yo`l” badiiy filmini tasvirga olish ishlari boshlandi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi xabar berdi.
Film rejissyori va ssenariy muallifi Qamara Kamolova boshchiligida ayni kunlarda ijodiy jamoa shakllantirilib, Buxoro viloyatida s`yomka jarayonlarini boshlashdi. Postanovkachi operator Oskar Baxtiev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar bo`yicha rassom Irina Litvienko.
Mazkur film yosh avlod va ko`pni ko`rgan kattalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar va ziddiyatlardan hikoya qiladi. Unda insonni keksalik davri, butun umri davomida orttirgan tajribasi va o`z ma`naviy boyligini yoshlarga topshirishdek mas`uliyati qamrab olingan.
Filmning asosiy voqealari Buxoro viloyatida va ma`lum qismi Toshkent viloyatining tog`li hududlarida bo`lib o`tadi.