1

Zangiota tumanida qalbaki 5 000 AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 18.03.2021, 10:49
Zangiota tumanida qalbaki 5 000 AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir  o`tkazildi. 

Fuqarolar M.Yu., D.X., R.A. va boshqalar o`zaro oldindan til biriktirib, fuqaro D.ga qalbaki 100 AQSh dollarini haqiqiy 50 AQSh dollariga sotishga kelishib, qalbaki 5 000 AQSh dollarini         2 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1