AsosiyJamiyat

Jizzaxda qum bo`roni bo`layotgani aytilmoqda. Rasmiylar oydinlik kiritdi

'Jizzaxda qum bo`roni bo`layotgani aytilmoqda. Rasmiylar oydinlik kiritdi'ning rasmi

Bugun, 18 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda uning muallifi tomonidan Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Qozog`iston Respublikasidan kirib kelgan kuchli qum aralash shamol esayotgani haqida xabar berilgan. 

"Ushbu ma`lumot mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi. To`g`ri, kunning birinchi yarmida engil shamol esgan, ammo rolik muallifi aytganidek, kuchli bo`lmagan",–deya ma`lumot berdi Favqulotda vaziyatlar vazirligi.

"Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini rasmiy manbalardan ma`lumot olishga va soxta ma`lumotlarga ishonmaslikka chaqiradi",– deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar