O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 martdagi PQ-5027-sonli Qarori bilan Teshabaev Xurram Fattixovich O`zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosari - O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investisiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
X.Teshabaev yangi lavozimida Rossiya Federasiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliya-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalda ro`yobga chiqarish, Rossiya Federasiyasi bilan yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo`jaligi, turizm va boshqa yo`nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo`yicha aniq takliflar tayyorlash, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federasiyasi Sanoat va savdo vazirligi o`rtasida tashkil etilgan "Loyiha ofisi" faoliyati doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirishni ta`minlashga mas`ul bo`ladi.
Shuningdek, X.Teshabaev Investisiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga rahbarlik, O`zbekiston-Yaponiya o`quv markazi va Respublika hududlaridagi "Loyihalar fabrikasi" tizimiga kuratorlik qilish bo`yicha o`z faoliyatini ham davom ettirmoqda.