O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 19 mart kunduz kuni O`zbekistonning asosiy hududlarida iliq ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy hududlarga Kavkaz ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida, kechga tomon esa respublikaning qolgan hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25° iliqgacha isiydi, shimolda 13-18° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, 🌦kechga tomon yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamolning 12-17 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 22-24° iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog`li hududlarida kechga tomon ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.






