AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Paxta seleksiyasi urug`chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari imliy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq bosh hisobchisi M.A. va boshqalar 123,5 mln so`m ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarni asossiz tayinlash orqali hamda stansiya balansida bo`lgan 129,9 mln so`mlik transport vositalarini soxta hujjatlar tayyorlash va boshqa yo`llar bilan o`zlashtirib, jami 264,4 mln so`m byudjet mablag`larini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar