AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning bir tumanida gaz o`chiriladi

'Bugun Toshkentning bir tumanida gaz o`chiriladi'ning rasmi

️Bugun, 19 mart kuni poytaxtning  yangi hayot tumanining ayrim hududlarida ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda. 

YaNGI HAYoT tumani: 

soat 11:00 - 17:00  vaqt oralig`ida "Sputnik"  5-7-15 mavzelaridagi ko`p qavatli 30 ta uylarning - 976 ta aholi va 11-12-13-14 mavzelaridagi "Chortoq", "Rayhon" va "Daryo bo`yi" ko`chalaridagi - 1377 ta erli xonadonlari hamda manzildagi - 69 ta ulgurji iste`molchilari tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha to`xtatiladi.        

 Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar