AsosiyJamiyat

Qamashi tumanida qo`lbola usulda ishlab chiqarilgan paxta yog`i mahsulotining muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Qamashi tumanida qo`lbola usulda ishlab chiqarilgan paxta yog`i mahsulotining muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Fuqaro M.D. “Qarshi yog’ ekstraktsiya” AJ nomi ostida qalbaki yorliqlar yopishtirilgan har bir qadog`i 4,2 kg bo`lgan 103 dona qo`lbola usulda tayyorlangan paxta yog`ini xaridorga 5,1 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu paxta yog`i iste`molchilarning hayoti yoki sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish)  va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar