1

Surxondaryoda ko`mir konini elektr bilan ta`minlovchi generatorning akkumulyatorini o`g`irlab ketishdi

Jinoyat 19.03.2021, 13:59
Surxondaryoda ko`mir konini elektr bilan ta`minlovchi generatorning akkumulyatorini o`g`irlab ketishdi

Surxondaryo viloyatidagi  “Sharg`unko`mir” AJning Xitoy bo`limi direktorining moliyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari Ge Cheng Hui Sariosiyo tumani IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 13 mart kuni noma`lum shaxslar tomonidan Sariosiyo tumani hududida joylashgan “Sharg`unko`mir” AJning Xitoy bo`limiga tegishli doimiy elektr toki o`chganda favqulodda holatda shoshilinch ko`mir konini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi generatorning jami narxi 17 790 000 so`mlik 2 dona akkumulyatorini yashirin ravishda o`g`irlab ketilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlar davomida, ushbu jinoyatni AJ “Sharg`unko`mir” tunneli ishchisi 21 yoshli Sardorbek U., va muqaddam sudlangan 28 yoshli Orifjon Yo., lar sodir etganliklari, ular o`g`irlangan 2 dona akkumulyatorlarni daraxt tagiga yashirib qo`yganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Sardorbek U., va Orifjon Yo.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (O`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.       

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1