Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, bugun O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqiy havo massalari kirib kelishi boshlandi. Shimoliy hududlarda biroz yomg`ir yog`di, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kun davomida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida kun davomida quruq va juda iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
Kuning o`rtasiga kelib, havo 20-25° iliqgacha isiydi.
Faqat kechga tomon atmosfera fronti yaqinlashishida ba`zi joylarda yomg`ir boshlanadi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 💨Respublikada shamolning 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda esa 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
20 martda havo massalarining kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Ko`pchilik tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
21-24 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 21 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, 22 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 23-24 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 22-23 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi
7-12° iliq; 24 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-22 martda 3-8° iliq, 23-24 martda 5-10° iliq; kunduzi 21 va 23 martda 15-20° iliq, 22 va 24 martda 18-23° iliq bo`ladi.
TOShKENT VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 21 martda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin. 22 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 23-24 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 va 23-24 martda 5-10° iliq, 22 martda 3-8° iliq; kunduzi 21 martda 13-18° iliq, 22-24 martda 15-20° iliq bo`ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 21-22 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. 23-24 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 va 23-24 martda 5-10° iliq, 22 martda 3-8° iliq; kunduzi 21 martda 13-18° iliq, 22-24 martda 15-20° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-22 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 23 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 24 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 21 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 22-23 martda yog`ingarchilik kutilmaydi.
24 martda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 va 23-24 martda 5-10° iliq, 22 martda 2-7° iliq; kunduzi 21-22 martda 12-17° iliq, 23 martda 15-20° iliq, 24 martda 13-18° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 21 va 23-24 martda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 22 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi; 22-24 martda kechasi 0-5° iliqgacha, kunduzi 5-10° iliqgacha ko`tariladi.






