Ijtimoiy tarmoqga "YPX xodimi haydovchining guvohnomasi va telefonini olib qo`ydi" sarlavhasi ostida video joylashtirildi.
IIV YHXBB Axborot xizmati ushbu video lavha yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 12 mart kuni soat 13:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Mustaqillik ko`chasida YPX xodimi "Spark" rusumli avtomobil haydovchisini xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan harakatlanib kelganligi bois to`xtatgan.
️Muloqot vaqtida xodim va haydovchi o`rtasida o`zaro tortishuv yuzaga kelgan. Fuqaro holat yuzasidan tuman prokuraturasiga murojaat qilgan. Ayni vaqtda Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






