1

Samarqand muzi: Xokkey federasiyasi Samarqandda "ICE ARENA" yangi muz saroyini ochdi

Jamiyat 19.03.2021, 16:56
Teglar: ​Samarqand, Muz saroyi
Samarqand muzi: Xokkey federasiyasi Samarqandda "ICE ARENA" yangi muz saroyini ochdi

20-21 mart kunlari Samarqandda sig`imi bo`yicha Toshkentdagi HumoArena dan keyin mamlakatimiz miqyosida ikkinchi o`rinda turuvchi«ICE ARENA» muz saroyining ochilishi bo`lib o`tadi.

Ko`pfunksional muz saroyi«Family Park»tematik ko`ngilochar markazi doirasida, O`zbekiston Xokkey federasiyasi ko`magida ochiladi. Bu Samarqandda qurilgan, turli xil sport tadbirlarini, shu jumladan xokkey uchrashuvlarini, shuningdek konsertlar, boshqa ko`ngilochar va ijtimoiy loyihalarni o`tkazish uchun mo`ljallangan, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan birinchi muz saroyidir.

Mamlakat Prezidentining millatni jismoniy sog`lomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya sohasini rivojlantirish bo`yicha global tashabbusini amalga oshirish so`nggi 5 yilda respublika doirasida sportga, sportning qishki turlariga davlat, xususiy biznes e`tiborining mislsiz darajada oshishiga olib keldi va natijada ular aholi orasida yaxshigina ommalashdi. Bu davrda poytaxtdagi HumoArena va Amirsoy tog`-chang`i majmuasi kabi qishki sport turlarining yirik maskanlari paydo bo`ldi, Toshkentdagi «Yubileyny» muz saroyida ham ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatda xokkeyni ommalashtirish – O`zbekiston Respublikasi Xokkey federasiyasining asosiy vazifalaridan biri. Yangi muz arenasi Federasiya tomonidan 2018 yilda mamlakatning barcha yirik viloyat markazlarida muz maydonlarini yaratish bo`yicha rejalarning bir qismiga aylanadi. Savdo markazlarida joylashgan aksariyat muz maydonlaridan farqli o`laroq, Samarqandda loyiha 2 minggacha tomoshabinni sig`dira oladigan, barcha zarur infratuzilma bilan jihozlangan, nafaqat mashg`ulotlar jarayonini, balki professionalxokkey jamoalarining eng yuqori darajadagi musobaqalarini o`tkazishga imkon beradigan to`liq muz maydoni sifatida barpo etildi.

Muz saroyi xalqaro xokkey arenalari talablariga javob beradigan VIP-o`rinlar, fitnes zali, xoreografiya zali, kirish hududi va yordamchi inshootlarni o`z ichiga olgan. Tribuna sig`imi 1900 kishiga mo`ljallangan. Yaqin kelajakda ushbu arenada O`XF homiyligida bolalar xokkey maktabi ochilishi mo`ljallanganini aytib o`tishimiz joiz.

«Biz o`z ishimizni Samarqandda bolalar xokkey maktabini yaratish bilan boshlaymiz, chunki bolalar xokkeyini rivojlantirish Federasiya uchun strategik ustuvor vazifadir. Iloji boricha, ko`proq bolalarni sportimizga jalb qilish, milliy xokkeychilarimizning birinchi avlodini tarbiyalash orqali o`zbek xokkeyining kelajagiga poydevor qo`yish – bu 12–15 yil ichida haqiqatga aylanishi kerak bo`lgan rejalar, – deydi O`zbekiston Xokkey Federasiyasi birinchi vise-prezidenti Bahodir G`ofurov. – Biz xokkey Samarqandga uzoq vaqtga keldi va bu go`zal qadimiy shahar aholisi qalbidan joy oladi, deb umid qilamiz».

Samarqand shahridagi muz saroyining tantanali ochilish dasturi ikki kunga mo`ljallangan bo`lib, unga Toshkentdagi bolalar xokkey klublari xokkeychilarining chiqishlari, taniqli olimpiada sovrindorlari Povilas Vanagas va Margarita Drobyazkoning muz ustidagi shousi, o`zbek estrada yulduzlari ishtiroki, shuningdek maxsus taklif etilgan san`atkorlar – Jony, Elman va Androning uzoq kutilgan konsert dasturi kiritilgan.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1