AsosiyJamiyat

Kegeylilik ota farzandi uchun oldindan 117 mln. so`m aliment to`ladi

'Kegeylilik ota farzandi uchun oldindan 117 mln. so`m aliment to`ladi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Chimboy tumani sudining 04.12.2019 yilga sud buyrug`iga asosan qarzdor J.A.dan undiruvchi G.U.ning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar farzandining 18 yoshga to`lgunga qadar ta`minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment nafaqasini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati, Majburiy ijro byurosi Kegeyli tumani bo`limi ish yurituviga kelib tushgan kunidan ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan va 2020 yil iyun oyigacha aliment pullari undirib kelingan.

Lekin, aliment pullari qarzdor ota tomonidan iyun oyidan boshlab ikki oydan ortiq muddatda to`lanmaganligi hamda yashash manzilida bo`lmaganligi sababli, qarzdor J.A. ga nisbatan Byuroning tuman bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan.

Majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor J.A. topilgan va u tomonidan farzandlariga atalgan aliment pullarinin oldindan, 18 yoshga to`lgunga qadar biro tala to`lamoqchi ekanligi bildirgan.

Shu sababli, bo`lim davlat ijrochilari tomonidan to`lanishi lozim bo`lgan pul miqdori hisoblab berilgan va natijada undiruvchi G.U. tomonidan 2 farzandiga atalgan pullarni olganligi, ya`ni J.A. tomonidan 117 mln. 072 ming so`m pul to`lab berilganligini bildirgan.

Shunga asos, mazkur ijro hujjati O`zbekston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Nizomning 41 moddasiga asosan tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar