2021 yilning 13 mart kuni soat 23:00 larda 38 yoshli Aziz K. Shahrisabz tumani Anday qishlog`ida joylashgan yashash xonadonida 8 nafar fuqarolarga o`yin kartasi yordamida qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, xonadonidan 12 dona o`yin kartasi, qimor uchun tikilgan 2 844 000 so`m va 50 AQSh dollar pul mablag`lari Aziz K.,dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Aziz K., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






