1

Bryussel amaldorlari yo`llardagi tirbandlikda sichqonlarni aybladi

Dunyo 19.02.2016, 10:35
Bryussel amaldorlari yo`llardagi tirbandlikda sichqonlarni aybladi

Belgiya hukumati och sichqonlarni poytaxt ko`chalaridagi tirbandlikda aybladi. Ularning aytishicha, kemiruvchilar EIning poytaxt magistralini rekonstruksiya qilish rejasini eb qo`ygan, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Aniqlanishicha, shahar parlamentining 17 fevraldagi yig`ilishida Bryussel yo`llarini ta`mirlash ishlarining qog`ozdagi chizma-rejasi yo`qolgan. “Ularni sichqonlar eb qo`ygan bo`lishi mumkin”, deya voqeani izohladi Bryussel infrastrukturasi bosh boshqarmasi deputati. Shaharda joylashgan NATOning shtab kvartirasi va EIning asosiy institutlari binosini ta`mirlash ishlari endi bir yil orqaga suriladigan bo`ldi. Ularni ta`mirlash uchun 1 milliard evro pul ajratish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1