Joriy yilning 13 mart kuni soat 14:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, I.Karimov ko`chasida joylashgan "Chinor" restorani ro`parasida haydovchi Sh.S. "Lasetti" rusumli avtomobilni orqaga boshqarayotib, yo`lni kesib o`tayotgan 8 yoshli S.A. va 9 yoshli A.A.larni urib yuborib YTH sodir etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, voyaga etmagan bolalar tan jarohati olib birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. O`tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, ikkala voyaga etmagan bolalar engil tan jarohati olganliklari ma`lum bo`lgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar to`plangan va Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.
"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini so`rab qolamiz",–deyiladi YHXBB axborotida.