"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 19 martdagi 43-sonli "Navro`z bayrami tantanalarini nishonlash kunlarida avtobus yo`nalishlari faoliyatini tashkil etish to`g`risida"gi buyrug`iga asosan, Navro`z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2021 yil 20, 21, 22 mart kunlari jamoat transportini tashkil etish tartibi belgilandi.
Unga ko`ra,
-2021 yil 20 mart - dam olish kuni. Shanba kunlari tasdiqlangan jadval asosida;
-2021 yil 21 mart - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;
-2021 yil 22 mart - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatlanish ko`zda tutilgan;
-2021 yil 27 mart - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo`yildi.






