Kecha, 19 mart kuni Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol esib, aksariyat joylarda quyun turgan. Bu haqda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
"Shu darajada kuchli shamol esdiki, hatto Qarshi shahrida daraxt ham qulab tushdi. Yo`lni to`sib qo`ygan daraxt sabab avtomobillar harakatida noqulaylik tug`ildi. Ko`zni ochib bo`lmay qoldi, shahar ko`chalari oppoq chang bo`lib ketdi", - deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan ayrim elektr uzatish tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelishi natijasida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatildi.
Maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






