AsosiyJamiyat

Bu yil Navro`z bayramini nishonlashda qanday cheklovlar mavjud?

'Bu yil Navro`z bayramini nishonlashda qanday cheklovlar mavjud?'ning rasmi

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Botir Qurbonov javob qaytardi.

"Navro`z bayramini nishonlashda har birimiz o`z mahalladan uzoqlashmagan holda, oila davrasida o`tkazilishi tavsiya etiladi.  

Bayramni mahallada nishonlash jarayonida oraliq masofani saqlash, antiseptik vositalardan tez-tez foydalanish va ochiq havoda bo`lishga alohida e`tibor qaratish lozim.

Yana bir muhim jihati — ziyofatlar uyushtirish, katta guruhlar uchun taomlar tayyorlash kabi tantanali tadbirlardan cheklanish joiz", - dedi shtab a`zosi.  

    Boshqa yangiliklar