AsosiyJamiyat

Cudya daxlsizligini buzganlik bo`yicha jinoyat va ma`muriy ish qo`zg`atildi

'Cudya daxlsizligini buzganlik bo`yicha jinoyat va ma`muriy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Joriy yilning o`tgan ikki oyida Sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan bitta jinoyat, bitta ma`muriy ish qo`zg`atildi.  Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ma`lum qildi.  Qo`shimcha qilinicha, ayni paytda yana bitta holat Kengash tomonidan o`rganilmoqda.

"Sudya daxlsizligi amalda ta`minlamay, ularning faoliyatiga chetdan aralashishga tugal chek qo`ymay turib, odil sudlovni amalga oshirishda kutilgan samaradorlikka erishib bo`lmasligi ayon", deya ta`kidladi T. Akbarov.

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi vakolatiga sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rishdek masala ham kirishiga alohida urg`u beradi. 

2020 yilda  sudyalar daxlsizligi buzilishi bilan bog`liq uchta holat yuz bergan va aybdorlarga tegishli chora ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar