AsosiyJamiyat

Parkentdagi mahallalarning birida joylashgan transformator podstansiyasi yonib ketdi

'Parkentdagi mahallalarning birida joylashgan transformator podstansiyasi yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 19 mart kuni soat 16:10da Toshkent viloyati Parkent tumani "Quyoshli"  MFYda ochiq maydonda joylashgan transformator podstansiyasidagi moy maxsuloti yonib ketdi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.  

Voqea joyiga 4 ta yong`in o`chirish ekipajlari soat 16:27 etib borishib soat 16:35 yong`in to`liq qurshab olinib xavfni bartaraf etish choralari ko`rilgan.

"Yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yo`q",–deyiladi vazirlik axborotida.

Boshqa yangiliklar