Anqara universiteti (Turkiya) professori So`nmez Qutlu yurtdoshlarimizga Navro`z bayrami munosabati bilan tabrik yo`lladi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Navro`z bayrami turkiy mamlakatlar, Markaziy Osiyoda uzoq asrlar davomida tantana qilib kelinayotgan go`zal ayyomdir.
Navro`z ushbu mintaqalardagi xalqlar uchun erkinlik, hur va ozodlik, birodarlik va hamjihatlikning ramzidir. Men ushbu bayram munosabati bilan O`zbekiston xalqini chin qalbimdan qutlayman.
Ulusning ulug` kuni – Navro`zi olam qardosh turkiy dunyo hamjihatligini yanada mustahkamlashini, mamlakatlarimiz va turkiy xalqlar, qolaversa, butun insoniyatga mehr-oqibat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va baxt-saodat olib kelishini Yaratgandan tilab qolama",–degan turkiyalik professor.






