Germaniyadagi Grayfsvald universiteti olimlari AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi u bilan emlangan ba`zi odamlar organizmida himoya mexanizmini ishga tushirishi va buning natijasida tromblar hosil bo`la boshlashini ma`lum qilishdi.
Olimlarning ta`kiddlashicha, emlanganlarda bunday tromblar hosil bo`lishiga vaksinani ishlab chiqishdagi xatolik, organizmning vaksinaga individual reaksiyasi yoki kasalliklarga moyilligi sabab bo`lishi mumkin. Olib borilgan tadqiqot davolashning maxsus kursini ishlab chiqish imkonini beradi. Olimlarning aytishicha, trombozdan dori vositasini ehtiyot chorasi sifatida oldindan kiritish mumkin emas, davolashni esa tromblar hosil bo`lgandan keyin boshlash lozim.