AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yuk mashinasi bilan to`qnashgan «Nexia» yonib ketdi

'Qashqadaryoda yuk mashinasi bilan to`qnashgan «Nexia» yonib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 mart kuni soat 13:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko`chasida, haydovchi J.O. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, ushbu ko`chada, o`zidan oldinda, svetoforning qizil ishorasida to`xtab turgan, haydovchi A.T. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli ichimlik suvi tashuvchi maxsus avtomobilning orqa tomoniga to`qnashgan. To`qnashuvdan so`ng, zarb oqibatida "Neksiya" avtomobilida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati  xabar berdi.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`rab qolamiz",–deyiladi YHXBB xabarida.

Boshqa yangiliklar