1

Argentina kurortlaridan birida dam oluvchilar delfinni qiynab o`ldirishdi

Dunyo 19.02.2016, 12:05
Argentina kurortlaridan birida dam oluvchilar delfinni qiynab o`ldirishdi

Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasining Santa-Tereza kurorti dam oluvchilari kichkina delfinni selfi tushishga majburlaganlaridan so`ng, u nobud bo`ldi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, kichkina delfinchani bir to`da dam oluvchilar o`rab olib, uni erkalatishgan hamda selfi tushishgan. Delfincha esa suvsizlikdan nobud bo`lgan. Hatto shundan so`ng ham uning o`lganini payqamay dam oluvchilar delfinni suratga olishda davom etgan.  

Mazkur hodisa Wildlife Foundation in Argentina hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilotini tashvishga solgan. Tashkilot vakillarining aytishicha, nobud bo`lgan delfin fransisk delfinlari turkumiga mansub bo`lgan. 

“Mazkur turdagi delfinlar qolgan barcha delfinlar kabi suvsizlikka uzoq muddat chidolmaydi. Ularning terisi o`ta qalin va yog`li bo`ladi. Shuning uchun ham suvsizlikda ular tezda nobud bo`ladi”, —deydi tashkilot xodimlari.  

Tashkilot xodimlari sohilda qolib ketgan delfinlarni ko`rgan zahotiyoq ularni suvga qaytarish lozimiligini dam oluvchilarga tushuntirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1