AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston xalqini Navro`z bilan tabrikladi

'Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston xalqini Navro`z bilan tabrikladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi «Humo Arena» majmuasida bo`lib o`tayotgan bayram shodiyonasida O`zbekiston xalqini Navro`z bilan tabriklab, jumladan shunday dedi:

«Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoda ko`p narsalar o`zgarmoqda. Lekin xalqimizning ona tabiatga, muqaddas zaminimizga muhabbati, azaliy qadriyatlarga ehtirom va sadoqati aslo o`zgargani yo`q. Aksincha bunday olijanob xislatlarimiz yanada ziyoda bo`lmoqda, sayqal topmoqda. Shu bois azaldan bahoriy uyg`onish va nafosat timsoli bo`lgan Navro`zi olam biz uchun tobora ardoqli bo`lib bormoqda.

Shu yilgi Navro`zning yana bir muhim jihati shundaki, u jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug` 30 yillik bayrami tadbirlariga to`g`ri kelmoqda.

Navro`z — chinakam xalq bayrami. Milliy o`zligimiz ko`zgusi. Ma`naviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismidir. Ming yillar oldin ota-bobolarimiz bu ulug` ayyomni qanday pok niyat va yorug` umidlar bilan kutib olgan bo`lsalar, bugun ham xalqimiz mana shunday baland kayfiyat bilan Navro`zga peshvoz chiqmoqda» - dedi Prezident.

 

    Boshqa yangiliklar