AsosiyJamiyat

Zoir Mirzaev Navro`z saylida rassomga 5 mln so`m ishlab olishda yordam berdi

'Zoir Mirzaev Navro`z saylida rassomga 5 mln so`m ishlab olishda yordam berdi'ning rasmi

Qarshi shahrida 20 mart kuni tashkil etilgan Navro`z umumxalq saylida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev G`ilon qishlog`idan bo`lgan rassomning asarlarini sotishga yordam berdi.

Qashqadaryoga oid voqealar yoritib boriladigan Telegram kanalda taqdim etilgan videoda viloyat hokimining foto asarlarni atrofdagilarga ko`rsatayotgani ko`rish mumkin.

«Rassom amakini ham tojik tilida ‘Dasti boboi hokim sabuk omad’ (Menimcha, hokim boboning qo`li engil keldi, degani) deb hamrohlariga jilmayishi, mamnunligi bayram ko`rgazmasiga kelib, pul ishlab ketishi xayoliga ham kelmaganidan darak edi», — degan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

    Boshqa yangiliklar