AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 22 martdan boshlab yangi telekanal ishga tushadi

'O`zbekistonda 22 martdan boshlab yangi telekanal ishga tushadi'ning rasmi

O`zbekistonda ilk bor Maktabgacha ta`lim vazirligi huzurida ijtimoiy-nodavlat “AQLVOY” telekanali ish faoliyatini boshlamoqda. Telekanalning test shaklidagi ko`rsatuvlari ertaga – 22 mart kunidan boshlab efirga uzatiladi.

Ko`pchilik, ayniqsa ota-onalarda yangi ochilayotgan mazkur “AQLVOY” telekanali bolalar uchun mo`ljallangan boshqa telekanallardan nimasi bilan farq qiladi, degan savol tug`ilishi tabiiy, albatta.

Vazirlik mutasaddisining so`zlariga ko`ra, unda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning har tomonlama intellektual, ma`naviy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun tayyorlangan maxsus ko`rsatuvlar, Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko`plab mamlakatlar studiyalari tomonidan yaratilgan eng sara animasion serial va dasturlar namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar