AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 18 yoshli yigit qarindoshi tomonidan 10 marta pichoqlab o`ldirildi

'Sirdaryoda 18 yoshli yigit qarindoshi tomonidan 10 marta pichoqlab o`ldirildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 18 mart kuni X.M. xolavachchasi I.M.ning uyiga borib, uning tanasiga 10 marta pichoq urib o`ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangihayot mahallasida yashovchi X.M. soat 14:40 da o`zganing pul mablag`ini qo`lga kiritish maqsadida xolavachchasi Navbahor mahallasida yashovchi fuqaro I.M.ning uyiga borgan va pichoq bilan badaniga o`n marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Ma`lum bo`lishicha, 18 yoshli yigit otasiz o`sgan hamda onasining yolg`iz farzandi bo`lgan. Hozirda Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar