O`zbekistonda 21 mart holatiga ko`ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 81 446 kishiga etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
O`tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 107 kishida COVID-19 tasdiqlangan, ularning 88 nafari — Toshkent shahrida.
Qolgan yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida;
- 2 nafari Buxoro viloyatida;
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 3 nafari Xorazm viloyatida;
- 9 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrida 57 nafar, Toshkent viloyatida 15 nafar bemor sog`aygan bo`lib, hozirga qadar respublika bo`ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 79 884 kishini tashkil etmoqda (98 foiz).
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 940 nafar bemordan 141 nafari og`ir, 23 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






