1

Chirchiqda yashovchi 7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi fotoportreti topshirildi

Jamiyat 22.03.2021, 12:28
Teglar: Chirchiq, Husanjon Adhamov
Chirchiqda yashovchi 7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi fotoportreti topshirildi

 Prezident Shavkat Mirziyoev 18—19 mart kunlari Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi chog`ida Chirchiq shahridagi «Iftixor» mahallasida yashovchi Aziza Aliqulovaning 7 yoshli o`g`li Husanjon Adhamov va qizi Fotima Adhamova bilan suhbatlashib, birgalikda esdalik uchun suratga tushgan edi. O`zAning xabar berishicha, Navro`z bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov ushbu oila xonadonida mehmon bo`lgan.

Viloyat hokimi Prezident nomidan oilaga mebel, Husanjonga esa Prezident Shavkat Mirziyoev dastxati tushirilgan birgalikdagi fotoportretini taqdim etgan. Shuningdek, bolalarga kompyuter jamlanmasi va sport anjomlari ham sovg`a qilingan.

"Bundan tashqari, ‘Iftixor’ mahallasida yashovchi yoshlarga ham qimmatbaho sovg`alar taqdim etildi", — deyiladi xabarda.

Sharhlar

“Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti” — Zoir Mirzaev (video)

17.07.2023, 20:46

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yangi qurilayotgan uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayotgani aytildi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzaevning navbatdagi yig`ilishida so`z borgan.”Chirchiq shahrida uylarni sotishda...
Chirchiqda er-xotin is gazidan vafot etdi

17.01.2023, 11:05

Toshkent viloyatida ko`mirdan chiqqan is gazidan zaharlanib, er va xotin vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 12...
Chirchiqda yonib ketgan "COBALT" mashmashasi osonlikcha yakun topmadi

02.12.2019, 15:36

 Bundan olti oy muqaddam Chirchiq shahrida o`z-o`zidan yonib ketgan COBALT avtomashinasi xususida O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi ma`lumot bergan va bir qancha sa`y-harakatlardan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1