AsosiyJamiyat

Andijonda "Matiz" bilan to`qnashgan "Damas" ag`darilib ketdi

'Andijonda "Matiz" bilan to`qnashgan "Damas" ag`darilib ketdi'ning rasmi

Bugun, 22 mart kuni Andijonda "Matiz" va "Damas" to`qnashishi oqibatida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati  ma`lum qildi.

YTH tonggi soat 07:35larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, Boburshoh va A.Musaev ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan I.Yu. boshqaruvidagi "Damas" rusumli hamda haydovchi 1996 yilda tug`ilgan B.T. boshqaruvida bo`lgan "Matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lib, zarb oqibatida "Damas" rusumli avtomobil ag`darilgan.

Hodisa natijasida, "Damas" rusumli avtomobil yo`lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar