AsosiyJamiyat

Farg`onada tibbiyot xodimlari ishtirokida yuz bergan janjalga nima sabab bo`ldi?

'Farg`onada tibbiyot xodimlari ishtirokida yuz bergan janjalga nima sabab bo`ldi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tibbiyot xodimlari ishtirokida janjal(Farg`ona, Narkologiya)» sarlavhali videoxabar tarqalgan edi. Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vaziyatni tomonidan o`rganib chiqdi va rasmiy bayonot berdi:

Xabaringiz bor, bundan avval internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Daxshat Farg`onada vahshiylik» sarlavhali videoxabarda keltirilgan holatlar yuzasidan tekshiruv o`tkazilganligini, unga ko`ra fuqarolik kiyimidagi shaxs IIO xodimi emasligini, tibbiyot xodimining xatti-harakatlari yuzasidan esa, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini to`g`risida ma`lumot bergan edik.

Shu o`rinda narkologiya dispanserida tibbiyot xodimlari va blogerlar ishtirokidagi holat yuzasidan ham tergovga qadar tekshiruv tayinlanganligini, yakuni bo`yicha har bitta holatga huquqiy baho berilishini ma`lum qilamiz.

Yana bir bor fuqarolardan internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatilayotgan salbiy ko`rinishdagi ma`lumotlarga huquqiy munosabat bildirilmasdan turib, turli noo`rin xulosalarga bormasliklarini so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar