AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik fuqaro uyidan ov quroli topib oldi

'Qashqadaryolik fuqaro uyidan ov quroli topib oldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida fuqaro o`z ixtiyori bilan IIBga ta`mirlash paytida topib olgan ov qurolini topshirdi. Bu haqda Qashqadaryo IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qashqadaryo viloyati hududida o`tkazilayotgan “Arsenal” hamda “Tozalash-Antiterror” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB va DXX xodimlarining hamkorligida fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, o`qotar quroli bilan bog`liq noxush holatlarni oldini olish va jamoat tartibini saqlashga qaratilgan qator targ`ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ularning natijasida joriy  yilning 21 mart kuni Kitob tumani “Qushdaryo” MFY, Doniyorshayx qishlog`ida yashovchi 1962 yilda tug`ilgan  I.D. ichki ishlar bo`limiga ariza bilan murojaat qilib, yashash xonadoni devorini qayta tamirlayotgan vaqtida marxum otasi (1949-1999 y.) I.I.dan qolgan IJ rusumli, bir nilli,  16 kalibrli, K16X7058 raqamli o`qotar ov qurolini topib olib, o`z ixtiyori bilan topshirishini bildirgan.

Profilaktik tadbirlar, targ`ibot va tashviqot ishlari viloyat miqyosida davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar