AsosiyJamiyat

Bugun 6 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun 6 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 23 martda kunduz kuni respublikaning asosiy hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo 15-20° iliqgacha, shimolda 7-12° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliqni tashkil etadi.  

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar