Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l patrul xizmati xodimi Kairbaev Daniyar Askarbaevich xizmat vazifasi vaqtida halok bo`ldi.
Bu haqda xabar bergan IIV YHXBB Axborot xizmati marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etdi.
Ma`lum bo`lishicha, Daniyar Kairbaev 2021 yil 21 mart kuni Mo`ynoq tumanida o`z xizmat vazifasini bajarayotib, UAZ-3303 rusumli avtotransport vositasini to`xtatish vaqtida mast holda mashina boshqarib kelayotgan haydovchi tomonidan urib yuborilgan. Qattiq tan jarohati olgan YPX xodimi shifoxonaga etmay vafot etgan.






