Joriy yilning 15 mart kuni fuqaro S.O`. O`zbekiston tumani IIB YHXB inspektori A.D.ga murojaat qilib, o`zining boshqaruvidagi “IJ-412” rusumli avtomashinasini mast holatda boshqarganligi uchun rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnomani sudga yubormaslik va o`zining foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 100 AQSh dollari va 500 000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda IJQKD O`zbekiston tumani bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.O`. O`zbekiston tumani IIB YHXB inspektori A.D.ga O`zbekiston tumani IIB YHXB ma`muriy binosida 100 AQSh dollari va 450 000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, IJQKD O`zbekiston tumani bo`limiga yuborildi.






