AsosiyJamiyat

Buxoroda Rossiyaga ketuvchilar uchun soxta aviachiptalar tayyorlab beruvchi fuqarolar qo`lga olindi

'Buxoroda Rossiyaga ketuvchilar uchun soxta aviachiptalar tayyorlab beruvchi fuqarolar qo`lga olindi'ning rasmi

Fuqarolarni Rossiya Federasiyasiga jo`natish uchun soxta aviachiptalar tayyorlab bergan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. va S.R.lar oldindan til biriktirib fuqarolarni aldab, Rossiya Federasiyasi hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirib, evaziga har biridan 1 300 AQSh dollari olib, “Buxoro-Jukovskiy” charter avia reysiga soxta chiptalarni tayyorlab berib, jami 17 nafar fuqaroning 22 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.S.  va S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar