AsosiyJamiyat

Xatirchilik profilaktika inspektori homilador ayol hayotini saqlab qoldi

'Xatirchilik profilaktika inspektori homilador ayol hayotini saqlab qoldi'ning rasmi

O`z A  muxbirining xabar berishicha, 21 mart kuni Xatirchi tumani «Qoracha» MFY da o`z xizmat vazifasini olib borayotgan profilaktika inspektori, leytenant Begali Mirzaev tungi soat 23:00 larda ko`chada bir avtomashina to`xtab turganligini ko`rib, avtomashina yoniga boradi. Mashina salonida sarosimada turgan ikki ayoldan biri homilador ekanligi, avtomashinaning esa ta`mirga muhtojligini bilgach, ayollarga birinchi yordam ko`rsatishga kirishadi.

Profilaktika inspektori zudlik bilan yaqin orada joylashgan oilaviy qishloq poliklinikasiga borib, navbatchi tibbiyot xodimini olib keladi. Yo`l-yo`lakay esa tuman tez tibbiy yordam bo`limiga telefon qilib, holatni tushuntiradi.

B.Mirzaev o`z avtomashinasida homilador ayol va qaynonasini olib tuman tibbiyot birlashmasi tug`ruqxona bo`limiga etkazadi.

Tug`ruqxona bo`limi navbatchi vrachi Salohiddin Ostonaevning ma`lum qilishicha, profilaktika inspektorining homilador ayolni o`z vaqtida shifoxonaga etkazganligi bois ona-bolaning hayoti saqlab qolingan. Ayni paytda ularning salomatligi yaxshi.

    Boshqa yangiliklar