AsosiyJamiyat

Talabalarga fizika fanidan to`garaklar olib borayotgan professor-o`qituvchilarning oylik maoshiga har oylik ustama haq to`lanadi

'Talabalarga fizika fanidan to`garaklar olib borayotgan professor-o`qituvchilarning oylik maoshiga har oylik ustama haq to`lanadi'ning rasmi

Joriy yilning 19 mart kuni prezident tomonidan “Fizika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, qarorga  ko`ra, 2021 yil 1 sentyabrdan:

  •  OTMning “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalari o`rtasida o`tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g`oliblari va fizika bo`yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari fizika mutaxassisliklari bo`yicha qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida magistraturaga o`qishga qabul qilinadi;

 

  •  fizika fanlari bo`yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g`oliblarini tayyorlagan professor-o`qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti;

 

  •  fizika fanlari bo`yicha talabalar uchun to`garaklar olib borayotgan professor-o`qituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to`lanadi.  

 

 Shuningdek, 2022–2024 yillarda jami 21 ta OTMning fizika fani bo`yicha o`quv laboratoriyalari zamonaviy jihozlar bilan ta`minlanadi.  

 

 2021/2022 o`quv yilidan oliy ta`lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o`qitiladi.

 2021 yil 1 noyabrgacha yoshlar o`rtasida fizika fanlariga qiziqishni oshirish maqsadida “Yosh fiziklar portali” ishga tushiriladi.  

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti tuzilmasida fizika sohalari bo`yicha kadrlar tayyorlovchi “Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi instituti” tashkil etiladi.  

 Qaror bilan O`zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti va Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga fizika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar