Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston fuqarosi o`tgan yilning noyabridan buyon Qozog`istonda bir ish beruvchining qo`lidan boshqasiga o`tkazilayotgani, homilador ayolini pasportsiz vatanga jo`nata olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan mamlakatimizning Qozog`istondagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari hamkorlikda o`rganish olib bordi.
Haqiqatdan ham qozog`istonlik ish beruvchi tomonidan B.Saiboev va uning xotinini pasportlari olib qo`yilganligi aniqlangan.
Qozog`istonlik ish beruvchi va mas`ul tashkilotlar bilan tegishli muzokaralar olib borilib, ushbu vatandoshlarimizning pasportlarini olib berishga erishildi.
Bugungi kunda B.Saiboev Turkiston shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Uning ayoli O`zbekistonga qaytarildi.






