1

Turkiya prezidenti Anqaradagi teraktni sodir etganlar hibsga olinganini ma`lum qildi

Dunyo 19.02.2016, 21:53
Turkiya prezidenti Anqaradagi teraktni sodir etganlar hibsga olinganini ma`lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on Anqaradagi teraktlarga aloqadorlikda gumonlanib, qo`lga olingan 14 nafar gumondorlar orasida kamida uch nafari bevosita teraktni sodir etgan shaxslar ekanligini aytdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Bizdagi dalillar shuni ko`rsatadiki, Anqaradagi teraktni Suriya kurdlarining o`z-o`zini mudofaa qilish kuchlari va ‘Demokratik ittifoq’ kurdlar partiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Bunga aslo shubha yo`q”, — dedi davlat rahbari.

Erdo`g`onning ta`kidlashicha, hujum uyushtirishda gumonlanayotgan terrorchilar Diyorbakir, Anqara va Istanbul shaharlari oralig`ida joylashib olishgan.  

Eslatib o`tamiz, 17 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazidagi qurolli kuchlar shtab-kvartirasi,parlament va hukumat binolari yaqinida portlash sodir bo`ldi. Portlash oqibatida 28 kishi halok bo`ldi.

 

  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1