Joriy yilning 22 mart kuni soat 09:50larda, Farg`ona viloyati, Farg`ona shahar hududidan o`tgan 4R-143 “Farg`ona-Quvasoy” avtomobil yo`lining 1-kilometrida, I.Karimov va Kichik halqa avtomobil yo`li ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1997 y.t. R.F. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli engil avtomobil hamda haydovchi 1968 y.t. T.M. boshqaruvida bo`lgan “MAN TGA 18480” rusumli neft tashuvchi maxsus yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi R.F. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur YTH yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab o`tib o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`raymiz",–deyiladi IIB axborotida.