Jo`raev Bunyod Shoniyoyazovich – Surxondaryo viloyati Termiz shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
B.Jo`raev 1983 yilda tug`ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.
Mehnat faoliyati davomida Termiz shahar iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, Termiz shahar hokimligi umumiy bo`limi mudiri, Termiz shahar “O`rta Sharq Zamin” mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi, Surxondaryo viloyati davlat arxitektura-qurilish nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi vazifalarida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.