1

Zarafshonda ta`ziyadan chiqib, ulfatchilikka borgan erkak uch odamni pichoqladi. Bir kishi vafot etdi

Jinoyat 23.03.2021, 18:02
Teglar: Zarafshon
Zarafshonda ta`ziyadan chiqib, ulfatchilikka borgan erkak uch odamni pichoqladi. Bir kishi vafot etdi

2021 yil 18 mart kuni taxminan soat 23:30larda Zarafshon shahar 6-kichik tumanda yashovchi fuqaro B.M Konimex tumanidan akasining ta`ziyasidan uyiga kelgan, uyida turmush o`rtog`i T.N yo`qligini ko`rib, unga qo`ng`iroq qilgan, shunda turmush o`rtog`i Zarafshon shahar 1-kichik tumanida tanishi Z.Bni uyida ekanligini, shu manzilga kelishligini aytgan. 

Shundan so`ng B.M soat taxminan 00:30larda turmush o`rtog`i aytgan manzilga kelgan, u erda turmush o`rtog`i T.N va Z.B ularning tanishi P.Alar spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirganligini ko`rgan, shunda ulardan Z.B fuqaro B.Mga bir dona aroq olib kelishini so`ragan. Shundan so`ng, fuqaro B.M aroq olib kelgan va ular birgalikda iste`mol qilishgan. Shu vaqtda ularni o`rtasida kelib chiqqan o`zaro janjal natijasida fuqaro B.M stol ustida turgan oshxona pichog`ini olib, shu pichoq bilan dastlab, Z.Bni bo`yin soxasiga 1 marotaba va ko`krak qismiga 2 marotaba urib jaroxat etkazgan. So`ngra, u o`zining harakatlarini davom ettirib, fuqaro P.Ani o`ng ko`krak qafasiga oshxona pichog`i bilan 1 marotaba, so`ngra turmush o`rtog`i T.Nning elka qismiga 2 marotaba urib jarohat etkazgan. Shu vaqtda turmush o`rtog`i unga o`ldirmasligini aytib yalinishi natijasida u o`zini harakatlarini to`xtatgan va stol ustida turgan shu uyning kalitini olib, tashqi tomonidan qulflab chiqib ketgan. Fuqaro T.N IIB va tez yordamga qo`ng`iroq qilib xabar bergan. Biroq, fuqaro Z.B olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyining o`zida vafot etgan, T.N va P.Alar shifoxonaga olib ketilgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, Zarafshon shahar Ichki ishlar Boshqarmasiga kelib tushgan xabar yuzasidan zudlik bilan fuqaro B.Mni ushlash choralari ko`rilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro B.M Zarafshon shahar 7-kichik tuman 3-uy oldida IIB PPX xodimlari tomonidan ushlangan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1